Dolce Vita forumida ishlash qoidalari.
Forumda quyidagilar ta'qiqlanadi*:
- Umuminsoniy ahloq me'yorlari chegarasidan tashqaridagi barcha xatti-harakatlarni amalga oshirish.
- Takroriy mavzular ochish. Bir mavzu ochishdan avval ilgari shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har-xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- O’zbek tiliga qoidalarini jiddiy ravishda buzish.
* Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.
Quyidagilar tavsiya etiladi:
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harfda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvchiga qulay bo’lishi uchun ortiqcha effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratis maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida ta’qiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka roiya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.